“Navro’z-yangilanish va ezgulik timsoli”

19 mart 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertlar zalida 21-mart “Navruz” umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro’z-yangilanish va ezgulik timsoli” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Musiqa va san’at maktabi foyyesida tasviriy san’at yo’nalishi o’quvchilarining ko’rgazmasi namoyish etildi. O’quvchilar ijrosida bahor, tinchlik va “Navro’z”ni madx etuvchi kuy, qo’shiq va raqslar ijro etildi.