F.Mirusmonov ochiq tanlovi

2018 yilning 6,7,8 aprel kunlari Toshkent shahridagi Glier nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida F.Mirusmonov nomidagi yosh ijrochilar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda xalq cholg’u va an’anaviy cholg’u sozlari yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar ishtirok etishdi. zarafshon 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabi dutor yo’nalishi bo’yicha Yu. Murodullayeva va M.G’ulomovalar diplomlar bilan taqdirlandi. tanbur yo’nalishi bo’yicha A. Tursunov II darajali diplom bilan taqdirlandi. Barcha o’qiruvchi va jo’rnavozlar diplomlar bilan taqdirlandi.