Maktab tarixi


7 – son Bolalar musiqa va san`at maktabi 1967 yildan buyon o`z faoliyatini yuritib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi

“Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy texnik-bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini

yanada yaxshilash bo`yichа 2009 – 2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi to`g`risida”gi PQ-910-sonli qarori asosida

2013 yilda “Oq oltin 21 asr” MCHJ tomonidan jami 2 mlr 359 mln so`m mablag` evaziga qurilish tiklash ishlari olib borilib,

2013 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirildi. II tip 150 nafar o`quvchiga mo`ljallangan,

18 ta o`quv xonasi va 210 o`rinli konsert zali mavjud.

2014 yil Davlat dasturi asosida 141 nomdagi jami 447 mln so`mlik zamonaviy musiqa chog’ulari, mebel va asbob uskunalar bilan jixozlangan. 2016 – 2017 o`quv yili holatiga 7 – son Bolalar musiqa va san`at maktabida 9 yo`nalishda:

fortepiano, estrada ijrochiligi, xalg` cholg`ulari, an`anaviy ijrochilik, an`anaviy xonandalik, estrada xonandaligi, akademik xonandalik,

tasviriy san`at va xoreografiya yo`nalishlarida jami 310 nafar o`quvchiga

33 nafar oliy va o`rta maxsus ma`lumotli o`qituvchilar ta`lim berib kelishmoqda.